Pyanich tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga yo‘l oladi

  • 27 iyun, 2020, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” xavbeki Miralem Pyanich tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga jo‘nab ketadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio xabar tarqatmoqda.

Tecno

30 yoshli bosniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, shundan so‘ng “Barselona” bilan shartnoma imzolaydi. Aytish kerakki, uning o‘rniga kataloniyaliklar yarim himoyachisi Artur Melo Turinga yo‘l oladi.

Pyanich “Yuventus” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!