Pyanich "Barselona"ga o‘tish uchun qaysi jamoalarning taklifini rad etdi?

  • 11 may, 2020, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Yuventus" bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanichning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Bundan avvalroq esa Pyanich kataloniyaliklar bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, Pyanichda "Manchester Yunayted" va PSJ variantlari ham bo‘lgan. Ammo, u "Barselona"ni tanlagan.

30 yoshli Miralem joriy mavsum “Yuventus” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 52 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!