Puldan quruq qolmay! “Barsa” futbolchisi rahbariyatdan tekinga qo‘yib yuborishni so‘rayapti

  • 1 iyul, 2023, 02:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Frank Kessega Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubidan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.

Tecno

Kataloniyaliklar safida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmagan Frank ketio‘shga tayyor. U klub rahbariyatidan o‘zini tekinga qo‘yib yuborishni so‘rayapti.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar Kesse erkin agent sifatida jamoaga kelsa, bonus ajratilishini va’da qilgan.

“Barselona” esa 26 yoshli futbolchini sotmoqchi. Ular bu transferdan keladigan pulni “Inter” vakili Marselo Brozovichni olishga yo‘naltirmoqchi.

Kesse “Barselona”ga bir yil muqaddam erkin agent sifatida kelgandi. Shu paytga qadar 43 ta uchrashuvda qatnashib, ustadan gol va assist rasmiylashtirdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!