
PSV rasman tasdiqladi: "Spartak" Gollandiyadan O‘runovga raqobatchi olib keladi
PSV klubi rasmiy "Tvitter" sahifasi jamoa yarim himoyachisi Yorrit Xendriksning "Spartak"ka o‘tayotganini ma’lum qildi:
"Payshanba kuni Xendriks "Spartak"ning Dubaydagi yig‘iniga borib qo‘shiladi. Aynan shu erda u klub uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va rasmiy shartnoma imzolaydi", - deyiladi rasmiy sahifa tarqatgan xabarda.
Shuningdek, Niderland klubi futbolchining Rossiyadagi faoliyatida omad tiladi. Ma’lumot uchun, Xendriks Oston O‘runov harakat qiladigan tayanch yarim himoya zonasida o‘ynaydi.
Fikrlar