
PSJning yoshlari ham kattalardan "o‘rnak oldi" va ...
UEFA Yoshlar ligasining chorak finalida "Pari Sen-Jermen" o‘z maydonida "Red Bull Zaltsburg" klubiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.
Avstriya klubiga g‘alaba keltirgan gollarga Umar Diakite, Roko Shimich va Luka Rayshl mualliflik qildi. PSJning yagona javob golini esa Eduar Mishyu kiritdi.
PSJ (Frantsiya) - "Red Bull Zaltsburg" (Avstriya) - 1:3 (1:0)
Gollar: Mishyu, 1 - 1:0, Diakite, 37 - 1:1, Shimich, 72 - 1:2, Rayshl, 90+2 - 1:3
PSJ: Lavalle (Monge, 73), Mungu (Garbi, 77), Bitshiabu, El-Xannax, Bodiang, Emeri, Kari (Veydmann, 77), Gassama, Mishyu, Bityumazala (Fernandes, 63), Yansane.
Fikrlar