
PSJga “Barsa” futbolchisi kerak emas
Parij klubi rahbariyati “Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
PSJ xo‘jayinlari frantsiyalik markaziy himoyachi sog‘lig‘i bilan muammolarga duch kelayotgani bois, uni transfer qilish fikridan qaytgan. 26 yoshli futbolchi so‘nggi ikki yil ichida chap tizzasidagi jarohati tufayli bir necha marotaba jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi.
Umtitining o‘zi Kataloniyada qolib, Ronald Kuman boshchiligidagi murabbiylar shtabi vakillarining ishonchini qozonmoqchi.
Fikrlar