
PSJda penaltini qaysi futbolchi tepishi ma’lum
PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasidagi penalti tepish sabab mojaro kelib chiqqanidan xabaringiz bor. "Monpele"ga qarshi o‘yinda Mbappe penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Shundan keyin referi yana bir marta 11 metrlik jarima belgiladi va bu safar Neymar to‘p qarshisiga keldi. Bu esa Kilianga unchalik yoqmadi.
Ispaniyaning “Marca” nashri xabariga ko‘ra, mojaroga barham berilgan. Parij klubi ustozi Kristof Galte penalti tepish tartibini quyidagicha belgilab berdi: Kilian Mbappe birinchi, Neymar ikkinchi penalti tepuvchi etib tayinlandi. Agar ikki hujumchi ham ma’lum sabablarga ko‘ra zarba bera olmasa, penalti tepish Leo Messiga ishonib topshiriladi.
Fikrlar