
PSJda mojaro! Janubiy amerikaliklar jamoaning yangi a’zosini sig‘dirmayapti
Mavsum avvalida PSJ safida kelib qo‘shilgan Jorjino Veynaldum moslashuv jarayonida muammoga duch kelmoqda.
"L’Equipe" nashri xabariga ko‘ra, Veynaldum Parij klubining janubiy amerikalik futbolchilari bilan kelisha olmayapti. Mashg‘ulotlar vaqtida ular ikki tomon bo‘lib, tushunmovchilik yuzaga kelmoqda.
Bunga sabab qilib, niderlandiyalik futbolchining Paredes bilan bir pozitsiyada ekanligi ko‘rsatilyapti. Gap shundaki, Lotin Amerikasi vakillari asosiy tarkibdagi joy uchun kurashda Leandro yutqazib qo‘yishidan xavotirda.
30 yoshli Veynaldum joriy mavsum PSJ libosida 14 o‘yin o‘tkazdi. 27 yoshli Paredes esa, 3 uchrashuvda maydonga tushgan.
PSJ - "Lill": Parijliklar yulduzi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi (qaydnoma)
Fikrlar