PSJda Messini urmoqchi bo‘lgan yulduz kim edi?

  • 13 aprel, 2024, 19:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning nufuzli manbalaridan hisoblangan L’Équipe nashri o‘z insayderlariga tayanib, PSJda Lionel Messi bilan bog‘liq mojaro haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

Manbada yozilishicha, Lionel Messi va Ashraf Hakimi munosabatlari xshi bo‘lmagan. Vaziyatlarning birida ziddiyat kuchayib ketdi va mushtlashuv boshlanishiga oz qoldi.

Avvaliga Neymar janjalni to‘xtatishga harakat qildi. Keyin Serxio Ramos arashdi. “Real”ning sobiq sardori madridliklar tarbiyalanuvchisi Ashraf Hakimini tinchlantirdi.

O‘shanda Ramos Hakimiga “Agar o‘rningdan tursang, menga to‘qnash kelasan”, deb Messini himoya qilgan.

Manbaning aytishicha, Serxio Ramos ko‘pincha jamoa o‘yinchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilishda jonbozlik ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!