
PSJ "Yuventus"ga shart qo‘ymoqda
PSJ va "Yuventus" klublari o‘zaro yarim himoyachilar rokirovkasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda. Gap Emre Jan va Leandro Paredeslar haqida ketmoqda.
Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 25 yoshli argentinalik futbolchining ustiga qo‘shimcha tarzda “keksa sinora”dan 15 mln evro talab qilmoqda. Biroq, turinliklar bu shartga rozi bo‘lishadimi yoki yo‘q hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Janning ayni damdagi transfer narxi 30 mln evro, 25 yoshli Paredesning transferi esa 25 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar