PSJ yulduzi jamoa bilan hayrlashdi

  • 20 may, 2022, 17:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" klubi hujumkor yarim himoyachisi Anhel di Mariya jamoa bilan hayrlashdi.

Tecno

Argentinalik futbolchi o‘z "Instagram" sahifasiga quyidagi suratni yukladi va uning ostida "Rahmat" deya izoh qoldirdi. U parijliklar safiga 2015 yilda "Manchester Yunayted"dan kelib qo‘shilgandi.

Bu vaqt oralig‘ida 34 yoshli pleymeyker 294 uchrashuvda klub sharafini himoya qilib, o‘z hisobiga 92 gol va 118 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Shulardan 4 gol hamda 8 golli uzatma joriy mavsumga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, unga "Yuventus" va "Benfika" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

photo_2022-05-20_17-29-57_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!