
PSJ yozda Milnerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Frantsiyaning amaldagi chempioni – PSJ mavsumlar oralig‘ida o‘zining markaziy chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar bu borada "Liverpul" xavbeki Jeyms Milner nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli angliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi oy o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Milner joriy mavsum “Liverpul” safida 44ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar