PSJ Trappni sotmaydi

  • 9 may, 2019, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Ayntraxt" ijara asosida o‘tkazayotgan PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp yana Parijga qaytadigan bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq frankfurtliklar 28 yoshli germaniyalik posbonning transferini to‘liq sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Sky Germany tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ Trappning transferi masalasida har qanday taklifni rad etadi.

Gap shundaki, parijliklar 41 yoshli darvozabon Janluiji Buffon bilan amaldagi shartnomani uzaytirishmaydi. Shu bois Trapp jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lish uchun Alfons Areola bilan raqobat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!