
PSJ tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi. Bu ro‘yxatda Messi...
Frantsiya milliy terma jamoasi va "Real Madrid" klubi futbolchisi Kilian Mbappe "Goal.com" nashrining talqiniga ko‘ra PSJ klubining 21-asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ikkinchi o‘rinda shved hujumchisi Zlatan Ibragimovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni braziliyalik Neymar yakunlab beradi.
Top-10lik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Kilian Mbappe(Frantsiya)
2. Zlatan Ibrahimovich(Shvetsiya)
3. Neymar(Braziliya)
4. Edinson Kavani(Urugvay)
5. Tiago Silva(Braziliya)
6. Markinos(Braziliya)
7. Pedro Pauleta(Portugaliya)
8. Marko Verratti(Italiya)
9. Anxel di Mariya(Argentina)
10. Blez Matyuidi(Frantsiya)
Argentinalik forvard Lionel Messi mazkur ro‘yxatda atigi 23-o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar