PSJ tanlovi xato bo‘lib chiqdi

  • 18 aprel, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” jamoasi o‘tgan yili yozda transfer qilgan futbolchilarning aksariyati itsh bermadi.

Tecno

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar safida debyut mavsumini o‘tkazayotgan Fabian Ruis, Karlos Soler, Renatu Sanshesh va Ugo Ekitikening harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelmayapti.

Shu bois, yozda bu futbolchilar transfer qilinishi kutilmoqda.

Yangi o‘yinchilardan Vitinyaning ham jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Biroq portugaliyalik futbolchiga e’tiroz boshqalardan kamroq.

Ishonchni oqlagan yagona debyutant Nordi Mukiele bo‘lib turibdi. Bu futbolchining o‘yini murabbiylarga ham, mutaxassislarga ham ma’qul kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!