
PSJ supertransferni oxiriga etkazmadi
“Manchester Yunayted”ning eng mashhur yulduzlaridan Jeydon Sancho atrofida qiziq vaziyat yuzaga keldi.
24 yoshli hujumkor futbolchi o‘tgan yili bosh murabbiy Erik ten Xag bilan urishib qolgani uchun ijaraga berib yuborilgandi. Yozda ijaradan qaytgan Sanchoga o‘ziga yangi jamoa topishi aytildi. Keyinchalik Erik ten Xag shogirdini kechirib, jamoaga kerakligini aytdi.
Bu orada PSJ Jeydon Sanchoni Parijga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib qo‘ydi. Manchesterliklar o‘yinchini 40-60 million evro atrofida narxga qo‘yib yuborishi aytildi.
Biroq kutilmaganda, PSJ transferning amaliy bosqichiga o‘tgani yo‘q. Frantsiya chempioni hujumkor futbolchi pozitsiyaga boshqa nomzodlarni ham o‘rganib chiqmoqda.
Sports Zone nashrining yozishicha, manchesterliklar Sancho bo‘yicha rasmiy taklif kutayotgan bir pallada PSJ bor e’tiborini Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”), Rafael Leau (“Milan”) va Dezire Due (“Renn”) kabi boshqa o‘yinchilarga qaratdi.
Demak, Sanchoning yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hali mavhumligicha qolmoqda.
Fikrlar