
PSJ superklubdan Neymarni olishni so‘rayapti
PSJ rahbariyati Neymarni tezroq sotib yuborishni rejalashtirgan. Parijliklar asosiy e’tiborni Kilian Mbappe va Lionel Messi atrofida quriladigan yangi loyihaga qaratmoqchi.
Klub mutasadilari moashlar fondini qisqartirish uchun Neymardan voz kechishga tayyor. Braziliyalik yulduz yiliga 50 million evro atrofida pul oladi.
Neymar mavsum tugashi bilan boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda. Asosiy da’vogarlardan biri sifatida “Chelsi” e’tirof etilgan. Buni inobatga olgan PSJ xo‘jayinlari “aritokratlar”ga braziliyalik hujumchini olishni taklif qildi.
PSJ xaridordan yozda amalga oshadigan kelishuvni yanvar oyidayoq rasmiylashtirib qo‘yishni so‘rayapti. Agar Todd Byoli bu taklifni qabul qilsa, 100 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Neymarga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real” va “Yuventus” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor.
Fikrlar