
PSJ Son Xin Minni katta pulga sotib olmoqchi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xin Min faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin. Parijliklar 30 yoshli futbolchining transferi uchun 80 million evro to‘lashga tayyor. Sonning xaridiga shaxsan PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi qiziqmoqda. U futbolchi bilan Qatardagi jahon chempionati vaqtida uchrashishni rejalashtirgan, deb xabar beradi "El Nacional".
Nashrning yozishicha, hujumchi “Tottenxem” bilan shartnomasini uzaytirmaydi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilda yakunlanadi.
Xabar qilinishicha, futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Madrid klubi hujumchi bilan shartnoma imzolay olmasa kerak. Chunki koreyalik futbolchi o‘ynaydigan pozitsiyada "Real"da futbolchilar etarlicha.
Joriy mavsumda Son Xin Min 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar