
PSJ safarda ochko yo‘qotdi, Ramos esa "o‘z ishini" boshladi
Frantsiya chempionati 19-turidan o‘rin olgan "Loryan" - PSJ uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu bahsda 1:1 hisobida qayd etildi.
Dastlab, mezbonlar safida Monkondyui hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin so‘nggiga yaqin Ikardi muvozanatni tikladi.
Pochettino shogirdlari durang natijaga qaramay, 46 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. 16 ochkosi bor "Loryan" esa 19-pog‘onani band etgan.
Fikrlar