
PSJ "Real"dagi darvozabonini qaytarib oladi
Mavsumni “Real” safida ijarada o‘tkazgan PSJ darvozaboni Alfons Areola muddatidan avval Parijga qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq, Ispaniya chempioni Areolaning harakatlaridan to‘liq qoniqish hosil qilayotgani va shu sababli, uni tarkibda saqlab qolish niyati borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida, parijliklar ham uni qo‘yib yuborishga tayyor edi.
Alfons o‘tgan mavsum “Real” safida La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar