PSJ Pochettinoni qachon iste’foga chiqarishi ma’lum
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shu yozda iste’foga chiqariladi, deb yozdi jurnalist Abdella Bulma o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Manbaning xabariga ko‘ra, frantsuz grandi rahbariyati argentinalik mutaxassisni mavsum yakunida ishdan bo‘shatishi haqida allaqachon xabardor qilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Pochettinoning o‘rniga PSJga frantsiyalik mashhur Zinedin Zidan kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli Pochettino Parij klubini 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Frantsiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, Frantsiya chempionatida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.



Fikrlar