
PSJ o‘z futbolchisining mashg‘ulotlarda qatnashishini taqiqlab qo‘ydi
PSJ klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Adrien Raboni mashg‘ulotlardan chetlatishga qaror qildi. Bunga frantsiyalik futbolchining EChL 1/8 final doirasida “Manchester Yunayted”dan (1:3) qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng tungi klubga borganligi sabab bo‘lmoqda.
Shunday qilib, Rabo 27 martga qadar mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydi. Keyin rahbariyat bilan uchrashuv tashkil qilinadi. Unda tomonlar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilinishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rabo PSJ bilan shartnomani uzaytirishni rad qilganligi sababli bir necha oy muqaddam asosiy tarkibdan chiqarilgan edi.
Fikrlar