
PSJ "Nant"ni yirik hisobda mag‘lub etib, Frantsiya Superkubogi g‘olibiga aylandi
Frantsiya Superkubogidan o‘rin olgan PSJ - "Nant" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda parijliklar yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 22-daqiqada Messi hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Neymar farqni ikkitaga etkazdi. 57-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Ramos hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 82-daqiqada Neymar penaltidan unumli foydalandi.
Shu tariqa, PSJ Frantsiya Superkubogi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar