
PSJ "Milan"dan hujumchisi sotib olmoqchi
PSJ yozda jamoada tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, klub yozda Neymarni sotishni rejalashtirmoqda, bundan tashqari Kilian Mbappe va Lionel Messining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
"Todofichajes" nashrining so‘zlariga ko‘ra, Parij klubi "Milan"dan Rafael Leaoni sotib olmoqchi. Italiya klubi portugaliyalik hujumchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda, biroq hozircha kelishuvga erisha olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda A Seriyaning 23 uchrashuvida qatnashib, 8 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va sheriklariga 7 marta samarali uzatma berdi. "Transfermarkt" portali 23 yoshli futbolchini 85 million evroga baholamoqda.
Fikrlar