
PSJ Messini “qurbon” qilmoqchi
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati Lionel Messining shartnoma talablari tufayli undan voz kechishni rejalashtirmoqda.
Yaqinda tomonlar o‘zaro uchrashib, yangi bitim bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu harakatlar samara bermadi. PSJ xo‘jayinlari 35 yoshli yulduzning moliyaviy talablarini qabul qilishdan bosh tortdi.
Klub xalqaro maydonda muvaffaqiyat keltiradigan yangi loyiha boshlamoqchi. Buning uchun katta mablag‘ kerak. Ular kelajak uchun Messidan voz kechishga tayyor.
Lionel Messi hozir har mavsum olayotgan 38 million evrolik maoshini pasayishiga ko‘nmayapti.
Fikrlar