
PSJ Messi o‘rniga superfutbolchi topib qo‘ydi
PSJ rahbariyati argentinalik Lionel Messi ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 35 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
Frantsiya chempioni Messi ketgan taqdirda uning o‘rniga “Manchester Siti” vakili Bernardu Silvani olib kelmoqchi. Aslida parijliklar safida Messining pozitsiyasida o‘ynashi mumkin bo‘lgan Karlos Soler va Fabian Ruis bor. Lekin klub sport direktori Luis Kampos argentinalik yulduz jamoani tark etsa, o‘rnini nomdor futbolchi egallashi lozim, degan fikrni bildirmoqda.
Evropa matbuoti Lionel Messi yozda “Barselona”ga qaytishi haqida juda ko‘p yozmoqda.
O‘z navbatida, Bernardu Silva o‘tgan yozda Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi aytilgandi, biroq portugaliyalik hujumkor futbolchi oxirgi pallada fikrini o‘zgartirib, Xosep Gvardiola jamoasida qolishni ma’qul ko‘rdi.
Fikrlar