PSJ Messi, Mbappe, Neymar supertriosini yo‘q qilmoqchi

  • 30 mart, 2023, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchilar borasida bir qarorga kelgan.

Tecno

Parij klubi lagerida ular yulduz hujumchilardan birini olib tashlashga qaror qildi. Klub rahbariyatining fikricha, Messi, Mbappe, Neymardan iborat hujum uchligi jamoa o‘yinida nomutanosiblikni keltirib chiqarmoqda deb hisoblaydi. Bu haqda "Lequipe" nashri xabar berdi.

Kilian Mbappe PSJda daxlsiz. Klub 24 yoshli frantsiyalik futbolchi atrofida jamoa tuzmoqchi. O‘z navbatida Neymar parijliklarni tark etishni istamayapti va 2025 yilgacha hisoblangan shartnomani to‘liq ishlab chiqish niyatida.

Eng mantiqiy variant argentinalik Lionel Messi bilan xayrlashish. 35 yoshli hujumchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Uning transferiga Kataloniyaning "Barselona" va "Inter Mayami" klublari qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!