
PSJ Mbappening o‘rnini kutilmagan futbolchiga beradi
PSJ rahbariyati asosiy forvard Kilian Mbappening ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub mutasaddilari 25 yoshli hujumchiga 400 million evro maosh ko‘rsatilgan to‘rt yillik shartnoma bergan.
Mbappe hali parijliklar taklifiga javob qaytargani yo‘q. Shu bois, klub har ehtimolga qarshi uning ketishiga hozirlik ko‘ra boshladi.
Realmadrid Exclusivo nashrining yozishicha, PSJ Mbappe ketgan taqdirda uning o‘rniga “Bavariya” hujumkor futbolchisi Leroy Saneni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Germaniyalik futbolchini olish parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening tashabbusi hisoblanadi.
Ispaniyalik mutaxassis oldingi chiziqda Leroy Sane, Usmon dembele va Randal Kolo Muani hujum uchligini tashkil qilmoqchi.
Qizig‘i, shundaki bu uch futbolchi nemis futbolida suyagi qotgan. “Bavariya” vakilidan tashqari Dembele “Borussiya Dortmund”, Kolo Muani “Ayntraxt” jamoasi sharafini himoya qilgan. Eedi ular PSJda birlashishi kutilyapti.
Fikrlar