PSJ “Manchester Yunayted”ning ikki yulduzini olib ketmoqchi

  • 24 iyul, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati “Manchester Yunayted”ning ikki nafar mashhur o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.

Tecno

Avvalroq, parijliklar Jeydon Sancho transferi bo‘yicha ish olib borayotgani aytilgandi. Endi ular birdaniga jamoa sardori Brunu Fernandeshni ham o‘z Parijga ko‘chirib kelmoqchi.

Manbalarning yozishicha, klublar faol tarzda muzokara olib bormoqda. PSJ Sancho bo‘yicha dastlabki taklifini berdi. Jeydonning o‘zi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelishib olganiga qaramay, PSJga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Frantsiya chempioni Brunu Fernandesh bo‘yicha hali rasmiy taklif bermadi. Ekspertlar manchesterliklar o‘z etakchisini qo‘yib yuborishi oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Qolaversa, Brunu Fernandesh bugungi kunda 90 million evroga baholanayotgani ham transferni qiyinlashtirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!