
PSJ "Liverpul" himoyachisiga ko‘z tikmoqda
PSJ yozda o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "TEAMtalk" nashri xabariga ko‘ra, Liga 1 grandi "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konatega jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Qizillar" PSJning Konatega qiziqishidan xabardor va u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Mersisaydliklar Muhammad Saloh va Virjil van Deyk bilan kelishuvni uzaytirdi va endi navbat frantsiyalik fulbekka keldi. Ingliz grandi futbolchi bilan kelisha olmasa, uni qo‘yib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, Konatening amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. "Transfermarkt " portali 25 yoshli himoyachini 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar