
PSJ Koutinoni ijaraga olmoqchi
"Barselona" klubi vingeri Filippe Koutino mavsumlar oralig‘ida PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. PSJ uning transferiga etarli mablag‘ to‘plash uchun himoyachi Toma Mene va hujumchi Edinson Kavanini sotib yubormoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq parijliklar hujumchisi Neymar ham rahbariyatdan jamoaga Koutinoni olib kelishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Koutino “Barselona” safiga 2018 yilning yanvarida “Liverpul”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar