
PSJ klubi Mbappega o‘rinbosar topdi
Kilian Mbappe yozgi transferlar oynasida "Real Madrid" safiga borib qo‘shildi. Shundan so‘ng Parijliklar Mbappega o‘rinbosar qidirmoqda. Hozirda asosiy da’vogar sifatida "Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho bo‘lib turibdi.
Angliyalik futbolchiga PSJdan tashqari "Yuventus" katta qiziqish bildirmoqda. Hattoki, "Borussiya Dortmund" ham futbolchini klubga qaytarmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Sancho o‘tgan mavsum qishki transferlar oynasida Germaniyaning "Borussiya Dortmund" safiga kelib qo‘shilgan. Hozirda futbolchining Transfermarktdagi narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar