
PSJ ispaniyalik yarim himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor
PSJ yarim himoyachisi Fabian Ruis klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha bo‘lsa-da, Parij klubi rahbarlari xavbekning harakatlaridan mamnun va u bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni umid qilmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, PSJ 29 yoshli futbolchiga 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif etishga tayyor. Fabian Ruisga "Yuventus", "Atletiko" va "Betis" klublari qiziqish bildirgan. Biroq, futbolchi Parijda o‘zini baxtli his qilmoqda va qolishni xohlayapti.
Ruis joriy mavsumda 7 ta o‘yinida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar