PSJ ikki yulduzni ko‘zladi

  • 30 iyun, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ tarkibini kuchaytirish maqsadida yana ikki transferni amalga oshirishga qaror qildi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, parijliklar “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sanshesh va “Inter” himoyachisi MIlan Shkrinyarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

PSJ portugaliyalik futbolchiga uch yillik bitim va yiliga 6 million evro maosh taklif qilmoqda. Bu o‘yinchiga “Milan” ham da’vogarlik qilmoqda. Lekin italiyaliklar maosh borasida Parij klubiga bilan raqobatlasha olmaydi.

“Inter” himoyachisi Shkrinyarni transfer qilish uchun parijliklar 60 million evro berishga tayyor. Italiyaliklarni bu summa qoniqtirmayapti. Ular yana 10 million evro qo‘shishni so‘ramoqda.

Agar bu transfer amalga oshsa, Shkrinyar besh yillik shartnoma tuzadi va har mavsum uchun 7,5 million evrodan maosh oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!