PSJ ikki futbolchidan voz kechdi

  • 2 yanvar, 2024, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati ham qishki transferlar davrida bosh murabbiy Luis Enrikega kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan qutilmoqchi.

Tecno

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari hozircha ikki futbolchining chiqish transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.

Bular 21 yoshli hujumchi Ugo Ekitike va 31 yoshli himoyachi Levin Kurzava. Har ikki o‘yinchi joriy mavsumda zaxirada qolib ketyapti va etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu bois, parijliklar ularni qo‘yib yubormoqchi.

Kurzava o‘tgan mavsumni ijara asosida “Fulxem”da o‘tkazgan edi. PSJ qaytib kelganidan beri bir marta rasmiy uchrashuvda sakkiz daqiqa o‘ynadi xolos.

Parijliklar “Reyms” tarbiyalanuvchisi hisoblan Ugo Ekitikeni bir mavsum ijarada o‘ynatib, o‘tgan yoz 28,5 million evroga transfer qilgandi. Biroq yangi mavsumda Ugo ham atigi sakkiz daqiqaga maydonga tushirildi.

PSJ har ikki futbolchini yanvar oyining o‘zidayoq boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!