PSJ hujumchisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 23 avgust, 2023, 07:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" Janluka Skamakkani sotganidan keyin yangi hujumchi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida PSJ vakili Xugo Ekitike ham bor. 

Tecno

"L'equipe" nashri xabar berishicha, "bolg‘achilar" strayker uchun ilk taklifni tayyorlamoqda. Londonliklar uni 35 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

Ekitikega "Vest Xem"dan tashqari "Milan" ham qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi ham yangi hujumchi sotib olishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!