PSJ himoyachisi aniq paslar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Ukraina terma jamoasi va PSJ markaziy himoyachisi Iliya Zabarniy aniq paslar bo‘yicha o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi.
Gap shundaki, himoyachi Frantsiya chempionatining 8-tur doirasida "Strasburg"ga qarshi bahsda faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda futbolchi 112 ta aniq pasni amalga oshirdi. Shu bilan bir qatorda, ukrainalik himoyachi faoliyatida birinchi marta bitta o‘yinda 100 tadan ortiq aniq uzatmani amalga oshirdi.
Bundan avvalgi eng yaxshi natijasini u 2024-25 yilgi mavsumda "Bornmut" safida "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan bahsda qayd etgandi. O‘sha o‘yinda Zabarniyning 91 ta uzatmasi sheriklariga aniq etib borgandi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golni o‘z xisobiga yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar