
PSJ futbolchisi yozda APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh PSJni tark etishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi. Unga "Lester" qiziqish bildirmoqda. “Tulkilar” tez orada Renatuga shartnoma taklif qilmoqchi.
Aytish kerakki, Sansheshning transferi “Lester”ga taxminan 20 million evroga tushishi mumkin.
Sanshesh joriy mavsum Frantsiya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar