PSJ futbolchisi La Liga grandi safiga o‘tishi kutilmoqda

  • 26 yanvar, 2023, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Presnel Kimpembe yozgi transfer oynasida PSJni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Le Parisien.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqmoqda. Presnelning transfer qiymati 40 million evroga baholangan va uning “matraschilar” bilan mehnat shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar imzolanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kimpembe PSJ safida 2015 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 8 ta o‘yin o‘tkazib, uchta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!