PSJ futbolchilari Pochettino o‘rniga aynan shu murabbiyni kelishini istamoqda

  • 23 noyabr, 2021, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” futbolchilari hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettino “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketgan taqdirda uning o‘rnini Zinedin Zidan egallashini istamoqda.

Tecno

Frantsiyalik mutaxassis ham manchesterliklardan taklif olgandi. Biroq, Zidan ingliz tilini bilmasligi uchun Angliyada ishlash variantini rad etdi. Shundan so‘ng, inglizlar Pochettinoga  e’tibor qaratdi.

PSJ rahbariyati ham “Manchester Yunayted”ga o‘tish istagini bildirgan argentinalik bosh murabbiy o‘rniga Zidanni olib kelishga tayyor. Ular shu kunlarda Zinedin bilan bog‘langan va bo‘lajak hamkorlik bo‘yicha muzokara boshlash taklifini bergan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zidan PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xalaifiy bilan do‘stona aloqaga egaligi uchun jamoani boshqarishga rozi bo‘lmoqchi.

Shuningdek, Pochettino PSJ sport  direktori Leonardo bilan chiqisha olmayotgani uchun ham Parijdan tezroq ketishga shoshilayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!