
PSJ Frantsiya chempionatida rekord o‘rnatdi
PSJ ayni damda Frantsiya chempionatining 28-tur qoldirilgan bahsida “Nant”ga qarshi o‘ynamoqda va birinchi bo‘limdan so‘ng 1:2 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.
Hozircha parijliklarning yagona goliga braziliyalik himoyachi Dani Alves mualliflik qildi. E’tiborlisi, PSJ shu tariqa mavsumning hozirgacha o‘tkazilgan barcha 32ta o‘yinida ham gol urgan yagona jamoa bo‘ldi. Bu esa Frantsiya chempionati rekordi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, agar PSJ bugun g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtiradi.
Fikrlar