PSJ "dangasa futbolchi"ni xarid qilmoqchi

  • 26 dekabr, 2020, 12:49
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, parijliklar daniyalik futbolchi uchun 10 million evro taklif qilishmoqda, milanliklar esa Eriksen transferidan 25 million evro ishlab olishmoqchi.

Oldinroq, PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel iste’foga chiqarilishi va o‘ning o‘rnini Maurisio Pochettino egallashi haqida xabar berilgan edi.

28 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda "Inter" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!