PSJ butun tarkib – 11 nafar futbolchidan voz kechdi

  • 8 iyul, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni boshlab yubordi.

Bosh murabbiy vazifasiga tayinlangan ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike o‘zi ishlaydigan tarkibni shakllantirishga kirishdi.

L'Equipe nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy talabiga ko‘ra, klub rahbariyati kamida 11 futbolchidan qutilishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ yozgi transferlar vaqtida Leandro Paredes, Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Keylor Navas, Abdu Diallo, Xuan Bernat, Kolin Dagba, Leven Kyurzava, Ugo Ekitike, Jorjino Veynaldum va Timoti Pembeleni sotuvga qo‘yadi.

Parijliklar hozircha uchta futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Endi Manuel Ugarte, Marko Asensio va Milan Shkrinyar PSJ sharafini himoya qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!