PSJ bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

  • 24 dekabr, 2020, 16:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bild nashrining xabar qilishicha, PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel ishdan bo‘shatildi.

Tecno

Ushbu xabarni Frantsiyaning RMC Sport nashri ham tasdiqladi. Mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod etishga klubning sport direktori Leonardo qaror qilgan va kuni kecha barchasi hal qilingan.

Tuxelning shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qilishi kerak edi.

PSJ "Lion" va "Lill" klublaridan 1 ochkoga ortda qolmoqda va turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi. Parijliklar Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi.

Bildning ma’lumotiga ko‘ra, 47 yoshli murabbiy APLda ishlashni maqsad qilmoqda. Tuxel Parij klubini 2018 yilda boshqaruvga olib, 6 marta sovrin yutishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!