PSJ bosh murabbiyi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

  • 29 iyun, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyligidan ketishi kutilayotgan Kristof Galte faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Galtening Parij klubidagi o‘rnini Luis Enrike egallashi kutilmoqda. Frantsiyalik mutaxassisning ishsiz qolishi ham uzoq vaqtga cho‘zilmasligi mumkin. Jurnalist Manu Saynsning so‘zlariga ko‘ra, 56 yoshli Galte Saudiyaning “Al-Hilol” klubi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.

Avvalroq “Al-Hilol” Massimiliano Allegrini bosh murabbiy lavozimiga tayinlashni rejalashtirgan edi. Biroq italiyalik mutaxassis “Yuventus”dan ketishni istamadi va bu taklifni rad etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!