
PSJ "Bavariya"ga taklif tayyorlab qo‘ydi
"Bavariya" himoyachisi Luka Ernandes kelasi transferlar oynasi vaqtida PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin. Frantsiyalik futbolchi Myunxen klubi asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi, "Bavariya" esa, katta maoshli zaxira futbolchisini sotib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.
O‘z navbatida, PSJ qanot va markazda birday o‘ynaydigan himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. "Bavariya"da vujudga kelgan vaziyat esa, parijliklarning ushbu muammosini hal qilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Frantsiyaning amaldagi chempionlari 24 yoshli himoyachi uchun nemis klubiga 45 million evro taklif qilmoqchi.
Fikrlar