PSJ "Barselona" futbolchisini nishonga oldi
PSJ "Barselona" himoyachisi Erik Garsiyaga qiziqish bildirmoqda.
"Football24" nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar 24 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Biroq hali PSJ futbolchi uchun Kataloniya klubiga hech qanday taklif jo‘natmagan. Shunday bo‘lsa-da, Erikni diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Biroq Garsiya "Barselona"ni tark etish niyatida emas. U "ko‘k-anorlillar" bilan mehnat shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi va "Barselona" uning maoshini ham oshirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Erik Garsiya bu mavsum Flik qo‘l ostida jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritishga erishdi.



Fikrlar