
PSJ "Barsa"ning muhim o‘yinchisini sotib olmoqchi
PSJ jamoani kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. "TodoFichajes" portalining xabariga ko‘ra, Liga 1 grandi "Barselona" yarim himoyachisi Gaviga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirgan. Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 20 yoshli futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Shu bilan birga, "Barselona" Gavini jamoaning kelajagi uchun muhim o‘yinchi deb hisoblaydi va uni sotmoqchi emas. Kataloniyaliklarning pozitsiyasiga faqat jiddiy moliyaviy muammolar ta’sir qilishi mumkin.
"Transfermarkt" portali mutaxassislarining bahosiga ko‘ra, Gavining transfer qiymati 70 million evro. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtalariga qadar davom etadi.
Ispaniyalik xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar