
PSJ "Barsa"dan Neymarning transferi uchun Dembeleni qo‘shib berishni so‘radi
PSJ forvardi Neymar jamoani tark etishga yaqin turipti.
27 yoshli futbolchiga "Barselona" klubi da’vogarlik qilmoqda. Hozirda, tomonlar muzokara o‘tkazishmoqda.
PSJga Rakitich va Koutino varianti ma’qul kelmoqda. Biroq, frantsiyaliklar bu ikki futbolchining narxini 122 mln evroga baxolamoqda va yana 100 mln qo‘shib berilishini istamoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, 2017 yili Neymar uchun sarflangan 222 mln evroni qaytib olish.
"Barsa" bu miqdordagi pulni to‘lab bermaydi, Shuning uchun PSJ Koutino va Usmon Dembeleni so‘ramoqda. Kataloniyaliklarga bu variant yoqmayapti, lekin yaqin kunlarda har qanday holat yuz berishi mumkin.
"Ko‘k-anorranglilar" Neymarning so‘nggi 2 yilda baxosi tushib ketgan degan fikrda va uning narxini 160 mln deb hisoblashmoqda.
Agarda, Neymar "Barselona"ga qaytish xohishini bildirsa, transfer 48 soat ichida hal qilinadi. Ammo, braziliyalik futbolchi o‘ylamoqda va hozircha xech nima demayapti.
Fikrlar