
PSJ "Barsa" yulduzini sotib olishi mumkin!
"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya faoliyatini Frantsiyaning PSJ jamoasisida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, frantsuz klubi "Barselona" darvozabonini Janluiji Donnarummaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Joriy mavsumda 26 yoshli keper barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Penyaning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt uning narxini 10 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Inyaki va kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘rtasida sovuq munosabatlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar